Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari tergovchilari tomonidan maktab o‘quvchilarining nazoratini yana-da kuchaytirish maqsadida ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari tergovchilari tomonidan voyaga yetmagan shaxslar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida profilaktik uchrashuvlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bo‘lgan, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida umumtaʼlim maktablari o‘quvchilarining nazoratini yana-da kuchaytirish hamda jinoyatchilik va hukukbuzariklarni oldini olish maqsadida ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
Unda giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarning tub mohiyati ochib berildi.
Shuningdek, ota-onalarga bu turdagi jinoyatlarning salbiy oqibatlari hamda bu kabi holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning natijalari haqida ham qisqacha maʼlumotlar berib o‘tildi.
O‘tkazilayotgan uchrashuvlar qizg‘in savol-javob va bahs-munozaralarga boy bo‘lmoqda. Hozirda bu boradagi tashkiliy-tadbirlar davom ettirilyapti.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati