Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan 2020 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Tergov tizimi xodimlari tomonidan jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi, shuningdek, jazo muqarrarligini taʼminlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilganligi, davlat va fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari ko‘rilganligi alohida taʼkidlanib o‘tildi.
Tadbir davomida, xizmat faoliyatida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishganligi va hamkasblariga o‘rnak bo‘lganligi munosabati bilan bir guruh xodimlarga Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining qimmatbaho sovg‘alari hamda Tergov boshqarmasi rahbariyatining esdalik qo‘l soatlari tantanali ravishda topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati