23 Mart 2023 yil
352
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan firibgarlik yo‘li bilan sodir etilgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 16-mart kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan “Xalq banki” Andijon viloyati filiali binosida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi mol-mulklarini firibgarlik yo‘li bilan talon-taroj qilish bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ushbu jinoyatlarni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar va omillar tub ildizigacha muhokama qilindi.
Hozirda Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan bu kabi tushuntirish va targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati