6 Fevral 2021 yil 646

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan xodimlarning oilasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni birgalikda bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tergov xodimlari tomonidan xizmat faoliyati davomida qonunchilik va intizomga rioya etishlarini taʼminlashda ota-onalari, turmush o‘rtoqlari imkoniyatidan unumli foydalanish hamda ularning turmush tarzini o‘rganish maqsadida Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan ularning yashash uylariga tashrif buyurilmoqda.

Xodimlarning oilasidagi muhit, ularning yashash sharoitini o‘rganish davomida, ota-onasi va turmush o‘rtoqlari ishtirokida ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashi davomida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etishida, turli salbiy holatlar va ular tomonidan tamagirlikka yo‘l qo‘yishlarini oldini olishda hamkorlikni yana-da kuchaytirish yuzasidan kelishib olinyapti.

Shuningdek, xodimning oilasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni birgalikda bartaraf etish, ularning tarbiyasiga birdek masʼul ekanliklari, bu vazifalarni bajarishda befarq bo‘lmasliklari haqida tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Bu boradagi tashkiliy-tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech