Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Y.A.Abdulxakov tomonidan 2022-yilning 31-yanvar o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 19-fevral kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar, shuningdek, Jinoyat-qidiruv bo‘limi, EKB xodimlari hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida, tashkil etilgan o‘quv-seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevral kungi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2022-yil 28-yanvar kungi “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.
O‘quv-seminar yakunida mazkur qarorda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash orasida aniq vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati