21 Avgust 2022 yil 366

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi  

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan har haftaning juma kuni “o‘quv mashg‘ulotlari kuni” sifatida belgilangan.

Shunga muvofiq, “o‘quv mashg‘ulotlari kuni”da tergovchi va surishtiruvchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazilib, ularning bilim saviyasi oshiriladi. O‘quv mashg‘uloti mavzusi doirasida amaliyotga yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, ularning yechimlari bo‘yicha takliflar beriladi. Maqsad, tergov sifatini yana-da oshirish va qonuniylikni taʼminlash.   

Navbatdagi o‘quv mashg‘uloti 2022-yil 19-avgust kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi mayor Yaxyobek Mahmudov tomonidan “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat bo‘lgan jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, qo‘shimcha tergov, sudlarning xususiy ajrimlari, prokuratura organlari taqdimnomalari sabablari” mavzusi yoritildi va savol-javob hamda bahs-munozaraga boy tarzda o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda Andijon viloyati prokuraturasi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi, Andijon viloyati Narkologiya dispanseri vakillari hamda viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.        

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech