Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan 2021 yilning 6 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tergov tizimi xodimlari tomonidan jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi, shuningdek, jazo muqarrarligini taʼminlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilganligi, davlat va fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari ko‘rilganligi alohida taʼkidlanib o‘tildi.Shu bilan birga joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir davomida, xizmat faoliyatida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishganligi va hamkasblariga o‘rnak bo‘lganligi munosabati bilan 8 nafar xodimga Andijon viloyati IIB boshlig‘ining esdalik qo‘l soatlari, 12 nafariga esa huquqiy adabiyotlar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, xizmatda foydalanishlari uchun oq qog‘oz va kanselyariya buyumlari ham tarqatildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati