Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi hamkorligida navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi
Andijon viloyati IIB boshlig‘i va Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi raisi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, 2021 yil 17 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudining sudlov hayʼati, Jalaquduq, Izboskan tumanlari va Xonobod shahar sudining sudyalari ishtirokida, Xonobod shahar, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Xo‘jaobod, Izboskan, Andijon va Pahtaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi va terrorizmga qarshi kurashish xizmati xodimlari bilan navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘quv seminarida Jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tumani sudining raisi N.Parpiyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudining sudyasi v.Sidiqovlarning “Jinoyat ishlarini sudlarda ko‘rish amaliyoti, yuzaga kelayotgan muammolar, bartaraf etish choralari va kelgusidagi vazifalar” mavzusidagi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudining raisi U.Mirzaabdullayevlarning “Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishlarini sudlarda ko‘rish amaliyoti” mavzusidagi maʼruzalari bilan tinglandi.
Tadbirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudining sudlov hayʼati aʼzolari I.Sotvoldiyev va U.Karimovlar ham ishtirok etishib, seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javoblar berishdi.
Bu boradagi tashkiliy-tadbirlar davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati