19 Oktyabr 2021 yil 659

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining 9 oylik ish faoliyati muhokama qilindi  

2021 yil 19 oktyabr kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda tergov bo‘linmalari tomonidan erishilgan ijobiy ishlar natijalari bilan bir qatorda, jinoyat ishlarini tergov qilish va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so‘ng, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida, tergov xodimlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida 15 ta zamonaviy kompyuter texnikalari, oq qog‘oz va kanselyariya buyumlari tarqatildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech