2 Dekabr 2020 yil 658

Andijon viloyati IIB va tibbiyot xodimlari ishtirokida “1 dekabr – Butunjaxon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan joylardagi barcha  ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda OITS va OIV infeksiyasining tarqalishini oldini olish va uning huquqiy oqibatlari haqida tushunchalar berish maqsadida huquqiy targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, “1 dekabr – Butunjaxon OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Andijon shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida olib borilgan keng qamrovli profilaktik ishlar natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida OIV infeksiyalarini tarqalishiga qarshi kurashish bo‘linmalari xodimlari tomonidan 94 ta OIV infeksiyasini yuqtirish yoki xavfi ostida qoldirish jinoyatlari aniqlanganligi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 barobarga ko‘payganligi, shu sababli nazorat tekshiruv ishlarini amalga oshirishda hamkorlikning qay darajada muhimligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, nodavlat va notijorat davlat tashkilotlari hamda jamoatchilik vakillari bilan birgalikda joriy yilning 1-15 dekabr kunlari keng qamrovli “Sog‘lom hayot” maxsus profilaktik tadbirlarini o‘tkazish belgilab olinganligi ham alohida ta'kidlandi.

Hozirda bu boradagi profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech