16 Sentyabr 2021 yil 689

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan 1 kilogrammga yaqin “GASHISH” sotmoqchi bo‘lgan uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

2021 yil 16 sentyabr kuni Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Qirg‘iziston Respublikasidan katta miqdorda narkotik moddalarni kontrabanda yo‘li orqali olib o‘tib, O‘zbekiston hududida sotish bilan shug‘ullanayotgan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.  

Xususan, Paxtaobod tumanida yashovchi O.Sh hamda uning jinoiy sherigi T.O.lar birgalikda jami 1 kilogrammga yaqin “GASHISH” giyohvand moddasini xolis xaridorga 7.500 AKSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi hamda 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech