23 Aprel 2022 yil 395

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan 2000 AQSH dollariga giyohvand modda sotayotgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 15-aprel kuni Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Andijon tumanida yashovchi fuqaro Sh.F xolis xaridorga 200 gramm “gashish” giyohvand moddasini 2000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, Sh.F.ning yoni ko‘zdan kechirilganida yana 3 gramm “gashish” giyohvand moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech