14 Dekabr 2021 yil 553

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari aniqlandi

2021-yilning 9-dekabr kuni Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi hamda Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB JQB xodimlari tomonidan “Sog‘lom hayot” maxsus tezkor-profilaktik tadbiri  doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida o‘zini shubhali tutgan Andijon shahrida yashovchi A.D boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli  avtomashina ko‘zdan kechirilganida, uning ichida bo‘lgan qora rangli ayollar sumkasida 19 dona “Tropikamid 10 mg”, 9 dona “Tropikamid 5 mg”, 70 dona “Lirika” va 79 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan tezkor tadbirlar davom ettirilib, fuqaro A.D.ga tegishli bo‘lgan xonadonlarda tintuv tergov harakatlari olib borildi. Tintuv tergov xarakatlari davomida ushbu xonadonlardan 32 dona “Regapen”, 29 dona “Tropikamid” va 8 dona “Lirika” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari hamda 1 dona “Bita” tayog‘i borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech