7 Iyul 2021 yil 510

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan “Sog‘lom hayot” maxsus-profilaktik tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda   

Andijon viloyatida 1 iyul kunidan 15 iyul kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Sog‘lom hayot” maxsus-profilaktik tadbiri doirasida Andijon viloyati IIB hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning 6 iyul kuni OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha Andijon viloyati IIB va viloyat OITSga qarshi kurash markazi, Milliy gvardiya,O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etilib, viloyatning aholi gavjum joylarida “OIV infeksiyasi va giyohvandlikni oldini olish” mavzusida profilaktik tadbirlar olib borildi.

Jumladan, hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar Andijon shahar Yangi bozor hududidagi aholi o‘rtasida, maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlarida, spa-salonlar, stomatologiya va boshqa xavfli guruhga kiruvchi muassasalarda ishlovchi xodimlar hamda mijozlari o‘rtasida olib borildi.

Tadbirda OIV infeksiyasining xatarli xulq atvorga ega bo‘lgan shaxslar o‘rtasida jinsiy yo‘l bilan, teri butunligi buzilishi bilan amalga oshiriluvchi muolajalar orqali yuqishi, OIV infeksiyasini yuqtirib olmaslik uchun nimalarga eʼtibor berish kerakligi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek,  maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlarida, spa-salonlar, stomatologiya va boshqa xavfli guruhga kiruvchi muassasalarda ishlovchi xodimlarning davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.

Targ‘ibot tadbirlari davomida mavzuga oid 2000 dona buklet va 2000 dona eslatmalar tarqatildi. OIV infeksiyasini oldini olish va tarqalishiga qarshi kurashishda barcha birgalikda harakat qilishi kerakligi taʼkidlandi. “Sog‘lom hayot” maxsus-profilaktik tadbiri doirasidagi profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech