16 Avgust 2021 yil 545

Andijon viloyati IIB JQB tashabbusi bilan "Xavfsiz hudud" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati IIB JQB tashabbusi bilan Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Probatsiya hamda Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhi va Xo‘jaobod tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tezkor profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan,tumanning chegara hududlarida yashovchi shaxslarning yashash xonadonlariga borilib, tovar moddiy boyliklarni chegaradan noqonuniy ravishda olib o‘tmaslik yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Xo‘jaobod tumani IIO Probatsiya guruhida 197 shaxs hisobda bo‘lib, Tadbir davomida 84 nafar nazorat ostidagi shaxslar tekshirildi. Qidiruv bo‘lgan shaxslarning oila aʼzolari bilan ham tezkor-profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, muqaddam sudlanish alomatlariga ko‘ra maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiriga tushuvchi jami 35 nafar shaxslar o‘rganilib,tadbir davomida 3 nafar maʼmuriy nazorat taʼsiri ostiga tushuvchi shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan 6 oy muddatga maʼmuriy nazorat o‘rnatildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida fuqarolar bilan jinoyatchilikni oldini olish, tig‘li buyum va narsalar olib yurmaslik hamda xonadon va savdo do‘konlariga kuzatuv kameralar o‘rnatishlari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Tuman hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida o‘rnatilgan video kuzatuv kameralari taftishdan o‘tkazilganda 1035 ta obeʼkt va hududlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilganligi, shundan tumannnig barcha 38 ta mahallarining kirish va ko‘cha boshlariga 114 ta, ko‘p qavatli uylarga 63 ta, chorrahalarga 16 ta, bozorlar, bog‘lar va aholi gavjum joylarga 112 ta, maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlariga 25 ta jami 330 ta o‘rnatilgan kuzatuv kameralari ulangan bo‘lib, 705 ta kameralar obyektni o‘zida xotiraga oladi.

Joriy yilning 11 avgust  kuniga kadar tadbirkor va homiylar tomonidan savdo va boshqa aholi gavjum joylarga 61 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Xo‘jaobod tumani Sanoatchilar MFY O‘zbekiston ovozi ko‘chasi “Frezer” nomli savdo do‘konining tashqi tomoniga 4 ta yo‘nalishga qaratilgan kuzatuv kamerasi qo‘yildi hamda qo‘riqlash pultiga ulandi.

Xo‘jaobod tuman IIB hamda Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi 184-189-moddalarida  ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov organiga kelishdan qasddan bo‘yin tovlab nomaʼlum joyga qochib yashiringan  D.X  ushlanib,  tergov organiga taqdim qilindi.

Tadbir davomida olib borilgan ishlar natijasida 39 nafar fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shu bilan birga mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslardan 13 nafariga nisbatan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun  jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborildi.

Hozirda “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari davom ettirilmoqda.   

  

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech