26 Dekabr 2022 yil 337

Andijon viloyati IIB JXX YHXB hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda umumiy narxi 206.000.000 so‘mga teng bo‘lgan pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi

Bugun 26-dekabr kuni Andijon viloyati IIB JXX YHXB hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida Xo‘jaobod tumani hududida harakatlanayotgan Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro r.A boshqaruvida bo‘lgan “ISUZU” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida, uning yukxonasida jami 2005 dona umumiy narxi 206.000.000 so‘mga teng bo‘lgan pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech