Trening davomida psixologik taʼminlash guruhi hamda Andijon davlat universitetining psixolog-mutaxassislari xodimlarning ruhiy holatini mustahkamlash, stress va depressiv holatlardan chiqish, individual-psixologik xususiyatlarni rivojlantirish, yosh xodimlarni xizmatga tez moslashishini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Shuningdek, ishtirokchilarga kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirish usullari tushuntirildi. Ochiq davra suhbati davomida shaxsning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: