14 Aprel 2022 yil 533

Andijon viloyati IIB JXX PPXB xodimlari tomonidan janjalning oldi olindi

Joriy yilning 11-aprel kunidan 12-aprel kuniga qadar xizmatga jalb etilgan Andijon viloyati IIB JXX PPXB xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.     

Xususan, shu kuni soat 19:30larda Andijon shahar O‘zbegim MFYda fuqarolar o‘rtasida janjal bo‘layotganligi to‘g‘risidagi xabarga asosan IIB xodimlari hodisa joyiga zudlik bilan yetib borib, janjalning oldi olindi. Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro X.S hamda bir necha ayollar o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. X.S.ning qo‘lida bo‘lgan bir dona temir tayoq va xo‘jalik pichog‘i olinib, chora ko‘rish maqsadida hududiy profilaktika inspektoriga topshirildi.

Shuningdek, tungi soat 01:30larda Andijon shahrining Yangi bozor hududida shubhali ko‘ringan 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro M.B.ga tegishli bo‘lgan  oq rangli “Spark” rusumli transport vositasi ko‘zdan kechirilganda,  avtomashina ichida bir dona chalabzar pichog‘i borligi aniqlandi.  

Bundan tashqari, Andijon viloyati IIB PPX batalyoni xodimlari tomonidan Andijon shahar hududida fuqarolar o‘rtasida “TIG‘” bilan bog‘liq holatlarni oldini olish maqsadida o‘zida shubha uyg‘otgan 3 nafar fuqaro xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda tig‘li predmetlar borligi aniqlandi. Ushbu fuqarolar o‘rtasida kelgusida jinoyat sodir bo‘lishini oldini olish maqsadida barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, hududiy profilaktika inspektorlariga topshirildi. Jami 166 nafar bemaqsad yurgan shaxslar hududiy IIB va tayanch punktlariga olib borilib, shaxsiga oydinlik kiritildi va belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech