Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Andijon tumanida nazorat ostidagi shaxslarning muammolariga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 24-avgust kuni Andijon tuman hokimligida viloyat IIB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i J.Xudoyberdiyev tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida probatsiya nazorati ostidagi shaxslar bilan ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan takroriy jinoyatlarni oldini olish va muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan sayyor qabul davomida 12 nafar nazorat ostidagi shaxslarning murojaatlari o‘z yechimini topdi. Shuningdek, “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Jarayonda 7 nafar nazoratdagi shaxslarning bandligi taʼminlanib, 5 nafariga o‘zlari qiziqqan sohalari bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.
Tadbir davomida probatsiya boshqarmasi boshlig‘i hududdagi probatsiya guruhi hisobida turgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj nazorat ostidagi shaxslarning yashash xonadonlarida bo‘lib, ularning xolidan xabar oldi. Xonadon sohiblarining murojaatlariga eʼtibor qaratilib, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Bu boradagi profilaktik tadbirlar hozirda davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati