11 Noyabr 2022 yil 367

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tomonidan Andijon tumanida probatsiya hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar o‘rtasida tarbiyaviy profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 10-noyabr kuni Andijon tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, unga tumanidagi hamkor tashkilot rahbarlari ham taklif etildi.

Tadbir davomida 150 nafardan ortiq probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan uchrashib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo, ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida Andijon tumani IIB Probatsiya guruhi xizmat faoliyati o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Hozirda mazkur turdagi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech