Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tomonidan joylardagi probatsiya bo‘linmalari nazorati ostidagi shaxslar bilan uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda
Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tomonidan nazorat ostidagi shaxslar hamda probatsiya bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida, kelgusida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha barcha shahar-tumanlarda profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilning 17-aprel kuni Shahrixon, Asaka, Baliqchi va Ulug‘nor tumanlari IIB Probatsiya nazoratida bo‘lgan barcha nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning har biriga viloyat IIB rahbariyatining tashrif qog‘ozlari tarqatildi.
Uchrashuv davomida jazo o‘tash tartib qoidalari, ularning huquqlari va erkinliklari tushuntirildi. Shundan so‘ng ochiq muloqot tashkil etilib, har bir nazorat ostidagi shaxslarning muammolari tinglanib, huquqiy tushunchalar va amaliy yordamlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati