Andijon viloyati IIB JXX JTSB Nazorat-litsenziyalash guruhi tomonidan o‘q otar qurollarni saqlab kelayotgan fuqarolar bilan profilaktik ishlar olib borildi
Andijon viloyati IIB JXX JTSB Nazorat-litsenziyalash guruhi tomonidan joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida fuqarolarga va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan o‘q-otar qurollarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni saqlash ruxsatnomalari muddatlarini uzaytirishda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyuldagi “Qurol to‘g‘risida” gi Qonun talablari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabr kungi 810-sonli qarorlari asosida olib borilishi nazorat qilindi.
IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2009-yil 4-oktyabrdagi “Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga jalb etish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori talablari asosida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, sotish va tashish masʼuliyati yuklatilishi ko‘zda tutilayotgan fuqarolarga ichki ishlar idoralari tomonidan mazkur Nizom talablariga muvofiq ruxsatnomalar berildi.
Joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida nazorat-litsenziyalash tizimi bo‘yicha 97 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilindi. Ushbu fuqarolarga 191 ta ruxsat va xulosa berish hujjatlari taqdim qilingan. Xususan, 77 nafar ovchiga o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni saqlash va olib yurishga hamda 39 nafariga o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni sotib olishga ruxsatnomalar berilgan bo‘lsa, yana 19 nafar ovchiga o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni sotishga yo‘llanmalar berildi.
O‘tkazilayotgan tushuntirish targ‘ibot ishlari natijasida fuqarolar tomonidan 8 ta quroli ixtiyoriy ravishda topshirilgan. Noqonuniy muomalada bo‘lgan 1 ta ov quroli aniqlangan.
Hozirda Andijon viloyati IIB JXX JTSB Nazorat-litsenziyalash guruhi tomonidan bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati