12 Avgust 2023 yil 436

Andijon viloyati IIBda 2023-yilning 6 oyi mobaynida murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi

Joriy yilning 11-avgust kuni Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash komissiyasi raisi podpolkovnik A.T.Raxmanov raisligida viloyat IIBning sohaviy xizmat boshliqlari, viloyat-shahar-tuman IIB Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha doimiy komissiya raisi, kotiblari va aʼzolari ishtirokida Andijon viloyati IIB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha “Doimiy komissiya”ning 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda shaxsiy tarkib bilan bog‘liq salbiy holatlar yetkazilib, xodimlar tomonidan shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarida yo‘l-transport hodisalari sodir etmaslik, ijrochilik intizomiga va qonunchilikka qatʼiy rioya qilinishi, poraxo‘rlik, tamagirlik holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida topshiriqlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech