Andijon viloyati IIBda sektor rahbarlari faoliyatini baholash tizimi bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
2020 yil 12 dekabr kuni Andijon viloyati IIBda Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda tuman-shahar ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari xamda ularning sektor kotiblari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 may kungi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-4702-sonli qaroriga asosan sektor rahbarlari faoliyatini baholash tizimi bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida sektor rahbarlari faoliyatini baholash tizimi tartibi bo‘yicha kerakli ma'lumotlar ko‘rgazmali taqdimotlar asosida tushuntirildi.
O‘quv seminari davomida baholash tizimi bo‘yicha sektor rahbarlari va kotiblarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati