Andijon viloyati IIBda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi
Andijon viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari va aʼzolari, O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimi, Tashkiliy boshqarma Murojaatlar bilan ishlash guruhi rahbariyati tomonidan mustaqil boshqarma, bo‘lim doimiy komissiya kotiblari, shahar-tuman IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi katta inspektorlari bilan o‘tgan 2021-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Mazkur yig‘ilishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shuningdek, ularning jinoyat haqidagi ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bo‘yicha atroflicha maʼlumotlar berilib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilib, xodimlardan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni , IIVning 2021-yil 1-yanvar kungi tegishli buyrug‘i asosida tayyorlangan test sinovlari olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati