14 May 2022 yil 412

Andijon viloyati IIBga biriktirilgan Asaka tumanidagi 16-Nurli maskan ihtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Matonat” sport musobaqalari hamda kitobxonlik bellashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 apreldagi 209-sonli qarori ijrosini taʼminlash, imkoniyati cheklangan o‘quvchi yoshlarning ongu shuuriga kitobga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini singdirish, sport orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish  maqsadida, Andijon viloyati ichki ishlar organlariga biriktirilgan Asaka tumanidagi 16-Nurli maskan ihtisoslashtirilgan maktab-internatida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Jamoat xavfsizlik xizmati boshlig‘i, podpolkovnik I.B.Ismanov ishtirokida o‘quvchilar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, uzunlikka sakrash, yugurish, kurash turlarini o‘z ichiga olgan “Matonat” sport musobaqalari hamda sheʼrxonlik, tez aytish, yosh kitobxon yo‘nalishlari bo‘yicha kitobxonlik bellashuvlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Kitob – umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbayi, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbirda ularga o‘zbek adabiyotining zabardast yozuvchilarining asarlaridan parchalar o‘qib eshittirildi. musobaqaning shartiga ko‘ra jamoalardan asarning nomini, muallifini topish so‘raldi, jamoalar esa bir daqiqa ichida javoblarini tezkorlik bilan aytib o‘tishdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, maktabdagi imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning turli yo‘nalishlardagi isteʼdodlarini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va eng asosiysi psixolog ko‘mak berish orqali o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, irodani, qobiliyatni namoyon qilishiga va jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishiga, eng asosiysi,  Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitobga bo‘lgan qiziqishlari yana-da uyg‘otish, kitob orqali dunyoni anglatish, sog‘lom tengqurlari kabi yurtimizda yaratilgan barcha imkoniyatlardan foydalana olishlariga yordamlashish, kitobning sehrini ularning ongu-shuurida shakllantirishdan hamda yoshlar va uyushmagan yoshlar o‘rtasida shukronalik tuyg‘ularini uyg‘otishdan iborat.

Tadbir so‘ngida musobaqa g‘oliblari IIBning diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Tanlovning Respublika bosqichi Toshkent viloyatida barcha viloyatdan tashrif buyurgan imkoniyati cheklangan o‘quvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech