20 Yanvar 2021 yil 800

Andijon viloyati IIBning “Shon sharaf” muzeyiga sayohat

Andijon viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Andijon tumanidagi 9-umumiy o‘rta taʼlim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash fanining navbatdagi sayohat darsi zamonaviy uslubda qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirilgan Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyida bo‘lib o‘tdi.

Unda  o‘quvchilar O‘rta Osiyo, xususan, Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoiylar, o‘tgan har bir davrning voqea hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.

-Dars menda andijonlik vatandoshlarimiz general-mayorlar G‘ofur Rahimov va Botir Parpiyevlarning xizmat faoliyati, ichki ishlar xodimlarini jasorat namunalari qiziqish o‘yg‘otdi. Ichki ishlar tizimida ayollar ham birdek xizmat qilayotganligi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlarini ko‘rganimda bu kasbga hurmatim va qiziqishim ortdi, - deydi 11-sinf  o‘quvchisi Ominaxon Abdumalikova.

Bir so‘z bilan aytganda muzeyga tashrif buyurgan o‘quvchi-yoshlarda ichki ishlar xodimi bo‘lishga qiziqish va kelajakda bu tizimda ishlash orzusi paydo bo‘ldi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech