Andijon viloyati mudofaa ishlari boshqarmasida «E-ma‘muriy ish» yagona axborot tizimiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari kirib bormagan sohaning o‘zi qolmadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kundan-kunga rivojlanib, mamlakatimizda axborotlashtirish jarayoni sezilarli darajada o‘sib bormoqda.
Bu, o‘z navbatida, fuqarolarimiz uchun zarur axborotlardan, turli davlat interaktiv xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
Andijon viloyati IIB masʼullari tomonidan viloyat mudofaa ishlari boshqarmasida «E-ma‘muriy ish» yagona axborot tizimi bo‘yicha seminar-tering o‘tkazildi.
Unda ushbu tizim maʼmuriy huquqbuzarliklarni elektron tarzda qayd etuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro hujjatlar almashinuvini masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi tizim ekanligini taʼkidlandi.
Shuningdek,seminarda ushbu axborot tizimi yordamida maʼmuriy huquqbuzarliklarni qayd etishdan tortib sud qarorigacha bo‘lgan jarayonlarni elektron tarzda amalga oshirish mumkinligi qayd etib o‘tildi. Bu esa qog‘ozbozlik, ortiqcha sarf-xarajatlar, uzoq masofani bosib o‘tish kabi noqulayliklar, muhimi, behuda vaqt yo‘qotilishining oldini oladi.
Seminarda mazkur tizimdan foydalanish qonun qoidalari kompyuter texnikasi yordamida monitorda ko‘rsatib berildi. Uning yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob qaytarildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati