31 May 2021 yil 532

 Andijon viloyati hokimligi tomonidan  Xo‘jaobod tumani IIB profilaktika inspektorlariga 20 ta ish kompyuterlari sovg‘a  qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 12 fevral kungi Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida Ichki ishlar organlarining quyi tizimi bo‘lgan profilaktika inspektorlari faoliyatiga alohida baho berilib, ularning mavjud muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, bugungi kunda profilaktika inspektorining ish xizmat faoliyati davrida yuzaga kelayotgan mavjud muammolarga to‘xtalib, tizimidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Joriy yilning 31 may kuni Xo‘jaobod tumani sektor rahbarlari tuman ichki ishlar bo‘limida bo‘lib profilaktika inspektorlariga 20 ta ish kompyuterlari tantanali ravishda topshirdilar. 

Profilaktika inspektorlari bilan birgalikda, ularning  bugungi kundagi faoliyati va sohadagi takliflari yuzasidan muloqot o‘tkazdilar.

Shuningdek, 3 nafar ichki ishlar xodimi o‘z unvoni  oshirilgani munosabati bilan rahbarlar oldida tantanali qasamyod qildilar.

 

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

 

Text to speech