Andijon viloyatida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi
Millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Qadr -insonni yuksaklikka ko‘tarib, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga oliyjanoblikka yetaklaydi.
9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Andijon shahridagi Xotira maydonida viloyati hokimligi, shahar va tumanlardan kelgan urush qatnashchilari, Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, o‘quvchi-yoshlar va keng jamoatchilik jam bo‘ldi.
Unda Andijon viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Ayubxon Raxmatullayev boshchiligidagi shaxsiy tarkib ham Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yishib, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar.
Xotira maydonidagi urush va ayriliqlardan qaddi dol Motamsaro ona haykali har birimizni hushyorlikka chorlaydi, bugungi yorug‘ kunlarimizning qadriga yetib yashashga daʼvat etadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati