Andijon viloyatida profilaktik hisobda turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tuman-shaharlarga biriktirilgan mas'ullar hamda IIB boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan profilaktik hisobda turuvchi shaxslarning xonadonlariga borilib, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida yakka tartibdagi va maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Mazkur uchrashuvlarda asosiy urg‘u ularning bandligi, foydali mehnat bilan shug‘illanayotganligiga qaratilyapti.
Xususan, 2020 yilning 28 aprel' kunidan 5 may kuniga qadar o‘tkazilgan tadbirlar davomida profilaktik hisobda turuvchi 1292 nafar shaxslar to‘lik tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning 22 nafari ishga joylashtirildi.Shuningdek, 285 nafar nazorat ostidagi shaxslarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilib, yashash xonadonlariga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati