5 May 2023 yil
461
Andijon viloyatida joriy yilning 5-may kunidan 5-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi” oyligi o‘tkazilishi belgilandi
Joriy yilning 5-may kunidan 5-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi” oyligi o‘tkazilishi belgilandi. Shunga asosan, Andijon viloyatining Izboskan tumanida YPX xodimlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazilib, harakat ishtirokchilari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, tadbir munosabati bilan haydovchi, piyoda va velosipedchilarga yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy amal qilish aks ettirilgan bukletlar tarqatilib, avtobus va mikroavtobuslarga targ‘ibot bannerlari yopishtirildi.
Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarida “Harakat xavfsizligi” oyligi doirasidagi targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati