Andijon viloyatining 3-sektori hisoblangan Andijon tumanida aholi muammolar joyida o‘rganilib hal etish choralari ko‘rilmoqda
2020 yilning 5 noyabr kuni Andijon viloyatining 3-sektori hisoblangan Andijon tumani, Daryo bo‘yi MFYda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ma'lum bo‘lishicha, Daryo bo‘yi mahallasida jami xonadonlar 454 ta bo‘lib, ularda 2783 nafar aholi istiqomat qiladi. O‘rganishlar davomida ushbu mahallada yashovchi aholi orasida hal etilishi lozim bo‘lgan ko‘plab muammolar borligi aniqlandi.
Xususan, Daryo bo‘yi MFYning Andijon berk ko‘chasida joylashgan 11 ta xonadonning 2011 yildan buyon tabbiy gaz yetib kelmaganligi bo‘yicha muammosi Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Tasbaev tashrifi davomida o‘rganilib, shu kunning o‘zida ushbu ko‘chaga 370 metr tabbiy gaz quvurlari tortildi.
Shuningdek, Andijon berk ko‘chasiga tortilgan ichimlik suvi quvuri nosoz holdaligi aniqlanib, shu joyning o‘zida ta'mirlandi va ushbu ko‘chadagi xonadonlar ichimlik suvi bilan ta'minlandi.
Ish masalasida yordam so‘rab murojaat qilgan, shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Muxiddinova Nilufar Baxt MFYdagi hususiy Fizioterapiya davolash maskaniga ishga joylashtirilgan bo‘lsa, uning 2007 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Rustamov Jamshid esa Andijon futbol maktabiga qabul qilindi.
Bundan tashqari, tumanning Sanoat MFY, Bunyodkor ko‘chasining 250 metr ichki yuliga sheben yotqizish ishlari olib borildi. Bu kabi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati