1 May 2020 yil 850

Andijon viloyatining 3-sektorlarida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 1985 ta oilaga 397,4 million so‘mlik oziq-ovqat maxsulotlari yetkazib berildi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va ko‘mak”  umumxalq harakati doirasida  viloyatning  3-sektorlarda bir qator  hayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 3-sektorlarda mavjud  219 ta mahallalarda yashovchi yakka yolg‘iz, iqtisodiy nochor oilalarni aniqlab olish maqsadida bir nafardan viloyat, shahar va tuman kengashi deputatlari, iqtisodiy kompleks xodimlari hamda mahalla faollari ishtirokida ishchi guruhlari tashkil etildi.Ushbu ishchi guruhlar tomonidan 3-sektorlarda jami 8167 ta kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan, yakka yolg‘iz, karantin davrida daromad manbaidan maxrum bo‘lgan xonadonlar aniqlanib, ushbu xonadonlardagi 10 000 ta oilalarda yashovchi  38 062 nafar ehtiyojmand aholining ro‘yhatlari shakllantirildi.

Ayni kunlarda ushbu oilalarni eng zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida 12 xil turdagi oziq-ovqat maxsulotlari tarqatilmoqda.Xususan joriy yilning 23 aprelidan 1 may kuniga qadar  viloyatning 3-sektorlarida tadbirkorlar, fermerlar va homiylar tomonidan 1985 ta oilalarga 397,4 mln so‘mlik  oziq-ovqat maxsulotlari yetkazib berildi. Hozirda bu boradagi xayrli ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech