13 May 2022 yil 390

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy sayyor qabulda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan ko‘plab fuqarolarning muammolariga ijobiy yechim topildi

Xabaringiz bor 3 kundirki respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyati bo‘ylab ommaviy sayyor qabullar olib borildi. Ushbu qabul jarayonlarida ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov, IIV huzuridagi tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Jalolov hamda viloyat IIB masʼullari tomonidan fuqarolarni qabul qilish jarayoni olib borildi.

Bugun Buloqboshi tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul yakunlariga ko‘ra ichki ishlar organlari tomonidan 65 nafar fuqaro qabul qilinib, murojaatlarning 34 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 31 tasi bo‘yicha arizalar olinib, ijroga qaratildi.

Jinoyat ishlari doirasida 5 nafar fuqarolarga yetkazilgan 423 mln. so‘mlik moddiy zararlar undirib berildi.

Jumladan, tergov organlari ish yurituvida jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi S.G‘affarovga nisbatan Sh.X va boshqalar yetkazilgan 38 mln. so‘m, jabrlanuvchi D.O‘rmonovga nisbatan fuqarolar N.T tomonidan yetkazilgan 112 mln. miqdordagi moddiy ziyon undirilib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborildi.

Jalaquduq tumanida yashovchi marhum IIB xodimi E.Soliyevning turmush o‘rtog‘i No‘monova Gulmiraga uy-joy olish uchun subsidiya asosida 350 mln sum ajratilishi taʼminlandi.

Marhamat tumanida yashovchi,  28 yil davomida fuqarolikni olishni orzu  qilib kelayotgan Nishonova Soxibaxon hamda Marhamat tumanida yashovchi,  27 yil davomida fuqarolikni olishni orzu  qilib kelayotgan Sidiqova Irodaxonlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi fuqarolik pasportlari berildi.

9 nafar turmushida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar himoya orderi bilan taʼminlandi. 3 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech