3 Dekabr 2022 yil 381

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaroning yonida “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi

Maʼlumki Respublika miqyosida “Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari bo‘lgan, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tezkor profilaktik tadbiri” o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbir davomida joriy yilning 28 noyabrʼ kuni  soat 21:30 larda  Oltinko‘l tumani IIB JQB hamda HPB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda Oltinko‘l tumani Qo‘shtepa MFY S.Ashurov ko‘chasidan o‘tgan qatnov yo‘li yoqasida o‘zini shubhali tutganligi sababli shu tumanda yashovchi M.J.ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uning egnida bo‘lgan kurtkasining o‘ng cho‘natagida qora rangli polietilen paketga o‘ralgan 44,5 gr miqdordagi “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech