Аndijon viloyatining tuman-shaharlarida ham tezkor ishchi guruhlari sutka davomida uzliksiz faoliyat olib bormoqda
Respublikamizning barcha xududlarida oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi mahsulotlari , dori-darmonlarlarni toʼla toʼkis yetkazish, ishlab chiqarish obʼektlarini uzliksiz ishlashini taʼminlash hamda iqtisodiyotning real sektoriga koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida 15 aprel kunidan boshlab Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tezkor shtabi va uning xududiy ishchi guruxlari tashkil etildi. Xususan, Аndijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda tuman-shahar ichki ishlar boʼlimlarida ham koronavirus pandemiyasi vaqtida iqtisodiyot, sanoat, oziq-oaqat va qishloq xoʼjaligi sohasidagi yuk va yoʼlovchi transport vositalarining haraatlanishini tashkillashtirish va monitoringini taʼminlash boʼyicha malakali xodimlar tarkibida ishchi guruhlari tuzilib, kunu-tun uzluksiz ravishda faoliyat olib bormoqda.
Shahrixon tumani ichki ishlar boʼlimida tuzilgan ishchi guruhi ham koronavirus pandemiyasi vaqtida iqtisodiyot, sanoat, oziq-ovqat va qishloq hoʼjaligi soxasidagi yuk va yoʼlovchi transport vositalarining harakatlanishini tashkillashtirish va monitoringini taʼminlash boʼyicha samarali ishlar olib bormoqda.Jumladan, Shahrixon tuman markazida avtotransport vositalari harakatlanishini cheklashga doir qarorlarini bajarish doirasida, tuman hududida jami 8 ta blok-post va toʼsiq postlar tashkil etilib, ularda ichki ishlar organlari, Favqulodda vaziyatlar va Sogʼliqni saqlash boshqarmalari xodimlari xizmatga jalb etilgan.Ushbu postlarda iqtisodiyot, sanoat, oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi soxasidagi yuk va yoʼlovchi transport vositalarining harakatlanishi uchun yashil yoʼlaklar tashkillashtirilgan.
Bundan tashqari Ishchi guruhi tomonidan tumanda faoliyat koʼrsatayotgan jami 1632 ta tadbirkorlik subʼektlari faoliyat turlariga qarab ajratib chiqilgan.Shundan tumandangi chet el investitsiyasi asosida tashkil qilingan hamda mahalliy eksportyor korxonalarni rahbarlari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar amalga oshirilmoqda. Ushbu uchrashuvlarda ularning faoliyatini yuritishida yuzaga kelayotgan muammolarni oʼrganish hamda ularni hal qilishga yaqindan koʼmaklashilmoqda. Oʼrganish jarayonida korxonalarning transport vositalarini Respublika, viloyat hamda tuman hududida erkin xarakatlanishi, korxona ishchi xodimlarini karantin-gigiena qoidalariga rioya qilgan holda trasport vositalarda toʼsiqlarsiz ishga kelib-ketishlarida amaliy yordam koʼrsatilyapti.
Jumladan tumandagi “Xait teks invest” MChJga 2020 yilning 18 aprelь kuni Xitoy xalq respublikasidan keltirilagn butlovchi qismlarni Toshkent shahridan olib kelish uchun korxonaning xizmat safariga yuborilgan xodimlarini transport vositalari uchun tuman, viloyat hamda Respublika shtabi orqali yashil yoʼlak qilib berildi. Buning natijasida 2020 yilning 19 aprelь kuni butlovchi qismlar korxonaga yetkazib kelindi hamda korxona toʼliq quvvatda ish faoliyatini davom ettirishni boshladi. Hozirda Rossiya Federatsiyasiga oʼz mahsulotlarini eksport qilmoqda.Iqtisodiyot, sanoat, oziq-ovqat, qishloq xoʼjaligi sohasidagi yuk va yoʼlovchi tashuvchi transport vositalarining toʼsiqsiz harakatlanishi yoʼnalishidagi savollarga qoʼyidagi telefon raqami orqali guruh aʼzolari javob beradi:
95-203-50-70
Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati