Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani 3-sektorida “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam pullari yetkazib berilmoqda
Qo‘rg‘ontepa tumani 3-sektorida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik M.Nishonov hamda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik D.Ixvoldinovlar boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyul' kungi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6038-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 3-sektor xududidagi Zarbuloq, Qirlik, Novoiy, Nodira, Qizil to‘qay, Yortibosh, Dardoqtepa, Iqtisodchi hamda Naynavo mahalla fuqarolar yig‘inlarida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga kiritilgan 139 ta oilaning 501 nafar ehtiyojmand va kam ta'minlangan fuqarosiga 100 million 220 ming so‘m miqdoridagi bir martalik moddiy yordam pullari to‘lov qaydnomasi asosida yetkazib berildi. Ayni kunlarda ushbu bir martalik yordam pullarini “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga tarqatilishi sektor rahbarlari tomonidan davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati