14 Mart 2024 yil 916

Andijon viloyat IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari bilan navbatdagi saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirining tegishli buyruq talablari asosida, 2024-yil 14-mart kuni xodimlari bilan Andijon viloyat IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari bilan navbatdagi saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari davomida, Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi masʼul xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomlari talablari asosida xodimlarning safda turish, harbiycha salom berish va saf ko‘rigini o‘tkazish tartibi, xodimlarning safda turishdan oldingi va safdagi majburiyatlari hamda ularning saf tayyorgarligiga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Kelgusida xodimlarning saf tayyorgarligi bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, bunday mashg‘ulotlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish belgilangan.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech