14 Iyun 2024 yil 1651

Andijon viloyati fuqarolarining sud-huquq masalalariga oid murojaatlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul Baliqchi tumanida tashkil etildi

Aholining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan sayyor qabullar viloyatimizning shahar-tumanlarida davom etmoqda.

Ulug‘nor tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Andijon viloyati IIB rahbariyati ham ishtirok etib, unda ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.

Xususan, tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.

Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘lmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech