11 Oktyabr 2024 yil 1506

Andijon viloyati fuqarolarining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini hal etishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul Paxtaobod tumanida o‘tkazildi

Aholining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan sayyor qabullar viloyatimizning shahar-tumanlarida davom etmoqda.

Joriy yilning 11-oktyabr kuni Paxtaobod tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov ishtirok etib, unda ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.

Xususan, tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.

Viloyatimiz bo‘ylab tashkil etilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarni aniqlash, ularni joyida hal etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech