Andijon viloyati Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi psixolog” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ushbu sohada xizmat qilib kelayotgan eng yaxshi psixolog xodimlarni aniqlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi psixolog” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘tkazilgan tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, Xo‘jaobod tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytenant Nurmuhammadova Dilnozaxon Ermuhammad qizi 3-o‘rinni, Jalaquduq tumani IIB profilaktika inspektori katta serjant Xidirov Saidbek Dilshodbek o‘g‘li 2-o‘rinni hamda Jalaquduq tumani IIB profilaktika inspektori leytenant Tolibov Umidjon To‘lqin o‘g‘li esa faxrli 1-o`rinni egallab, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan xodimlar boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning jangovar, jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish, ular orasida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlash borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmat