Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida“Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Xodimlarining kitobxonlik madaniyatini, intellektual salohiyatini oshirish, badiiy adabiyotga qiziqishini, ongu tafakkuri, dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimizda yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning boy maʼnaviy merosini asrab avaylash, shuningdek xodimlar o‘rtasida faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ko‘rik-tanlov natijasiga ko‘ra, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi katta eksperti katta leytenant Dilbarxon Umarova 3-o‘rinni, Jalaquduq tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant Rahmatillo Raxmonjonov 2-o‘rinni, viloyat IIB HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixologi katta leytenant Karimjon Abdurahmonov esa faxrli 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.Xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati