Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ushbu sohada xizmat qilib kelayotgan eng yaxshi murabbiy xodimlarni aniqlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “Yilning eng yaxshi murabbiyi”tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, Xo‘jaobod tumani IIB JXX HPB profilaktika katta inspektori, kapitan Isroiljon Xo‘jamberdiyev 3-o‘rinni, Paxtaobod tumani IIB JXX HPB profilaktika katta inspektori, mayor Oyatillo Otaxo‘jayev 2-o‘ringa sazoqvor bo‘ldi.
Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB 2-sonli IIB HPG profilaktika katta inspektori kapitan Jaloldin Tursunov esa faxrli 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan xodimlar Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning jangovar, jismoniy va kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirish, ular orasida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati