30 Oktyabr 2024 yil 3402

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish ishlari davom ettirilmoqda

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedovning 2024-yil 5-oktyabr kungi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuz mavsumida ko‘chat ekish ishlarini samarali tashkil etish, ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlari tomonidan kuzgi ko‘chat ekish ishlari jadal suratlarda davom ettirilmoqda.

Xususan, Xonobod shahar, Jalaquduq, Buloqboshi hamda Bo‘ston tumanlarida ham mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari boshlanib, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech