Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Yengil atletika” uzoq masofaga yugurish turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 22-sentyabr kungi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi 383-son buyrug‘i hamda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining “2024-yilga mo‘ljallangan musobaqalar rejasi”ga asosan Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarni jismonan sog‘lom va ruhan tetik tarbiyalash, sport mashg‘ulotlariga keng jalb qilish va ularni sog‘liklarini mustahkamlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida sportning “Yengil atletika” uzoq masofaga yugurish turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqa yanuniga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining 1-otryad inspektori safdor Shavkatbek Karimov egallagan bo‘lsa, faxrli 2-o‘rinni Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi 2-otryad inspektori safdor Shamsiddin Kimsanov qo‘lga kiritdi. O‘tkazilgan musobaqada mutloq g‘oliblik Qo‘rg‘ontepa tumani IIB profilaktika inspektori leytenant Fayzulla Habibullayevga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar Andijon viloyati IIB boshlihining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek davronov tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati