22 May 2024 yil 2242

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan murabbiylar faoliyati bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “murabbiylik instituti”ni samarali amalga oshirishni tashkil etish, yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, murabbiylik yo‘nalishida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida amaldagi murabbiy xodimlar bilan tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda amaldagi murabbiylarga qo‘l ostidagi yosh xodimlarning xizmatga amaliy moslashishini, kasbiy shakllanish jarayonini tezlashtirish, ularda xizmat vazifasi bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan tezkor-xizmat vazifalarini mustaqil bajarish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishlari, shuningdek, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishda yosh xodimlarga shaxsiy namuna ko‘rsatishlari bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech