14 Iyun 2024 yil 1692

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yosh huquqshunos” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda barkamol avlodni tarbiyalash, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yana-da oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, davra suhbatlari hamda madaniy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, Andijon viloyati IIB, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi hamda Maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi bilan hamkorlikda 14 yoshdan 18 yoshgacha va 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida "Yosh huquqshunos" tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlov murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.

14-18 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan bahsda 1-o‘rin Andijon shahri nomidan ishtirok etgan Mashhura Po‘latovaga, 2-o‘rin Oltinko‘llik   Bektosh Qodirovga hamda faxrli  3-o‘rin Paxtaobod tumani ishtirokchisi Mushtariy Otamirzayevaga nasib etdi.

"Yosh huquqshunos" tanlovining 19-30 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarida faxrli 1-o‘ringa Paxtaobodlik  Madina Yuldasheva loyiq deb topilgan bo‘lsa, 2-o‘ringa Jalaquduq tumanidan qatnashgan Ilxomjon Ibragimov munosib ko‘rildi. 3-o‘rinni esa Oltinko‘l tumani ishtirokchisi- Mohlaroyim Xolmatjonova  egalladi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. "Yosh huquqshunos" tanlovining viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallagan yoshlar endi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar. Biz ham ushbu bilimga chanqoq yoshlarga ushbu tanlovda g‘olib bo‘lishlarini tilab qolamiz.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech