21 Oktyabr 2024 yil 3173

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar bilan xizmat intizomi ва qonunchilikka rioya qilish masalalari bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Hozirgi vaqtda Andijon viloyati ichki ishlar organlarida jami 230 nafar xotin-qizlar mavjud bo‘lib, shundan 85 nafari shahodatlangan, 145 nafar yollanma ishchi-xizmatchilarni tashkil etadi.

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xizmat intizomiga hamda qonunchilikka rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, xizmat vazifasini bajarishda xato ва kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga taalluqli bo‘lmagan ishlarga aralashmaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma ва topshiriqlar berildi.

Xizmat mobaynida poraxo‘rlik ва tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatga sovuqqonlik bilan qaragan, vakolat doirasidan chetga chiqqan xodimalarga qatʼiy chora ko‘rilishi alohida taʼkidlandi.

Shu bilan birga kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Muhokama yig‘ilishi yakunida o‘tgan 9 oy yakuni bo‘yicha xizmat faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan bir guruh xodimalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech