21 Fevral 2024 yil 1481

Andijon viloyati ichki ishlar organlari Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda

Avval xabar qilinganidek, Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja-dasturga asosan Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan sohaviy xizmatlar va barcha shahar-tuman ichki ishlar organlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektorlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 20-fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari ham IIVning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash yo‘nalishidagi meʼyoriy hujjatlari to‘g‘risida xodimlarga batafsil tushunchalar berildi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech